avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан


1.               REJA:
     1. Buvijonim  haqida.
 
2.    2. Buvim – mahallamiz  faxri.
 
3.   3. Buvimning  nasihatlari – doim  qulog’imda
 
4.             Xulosa.
 
               Ustozimiz  “Mening  bobom, buvim – mahallamiz  faxri”  mavzusida  insho  yozishimiz kerakligini  aytganlarida,  men  juda  xursand  bo’ldim.  Chunki  shu  insho  orqali  o’zimning  buvijonimga  bo’lgan  mehrimni  va  ko’nglimdagi  ezgu  gaplarni  izhor  qilish  imkoniyati  paydo  bo’ldi. 
 
           Men  buvijonim  haqida  gapirsam,  qalbim  mehrga  limmo-lim  to’ladi.  Boisi  buvijonim  men  uchun  eng  aziz  va  qadrli  insonlardan   biri  hisoblanadilar.  Buvim  doimo  kulib  turganlari,  shirinso’z  bo’lganliklari  uchun  men  u  kishining  yuzlarini  quyoshga  o’xshataman.  Biz  nabiralar  ularning  cheksiz  mehrlaridan  bahramand  bo’lib,  ulardan  odamlarga  mehribon  bo’lish,  kechirimli,  to’g’riso’z,  halol  va  mehnatkash  bo’lish  kabi  xislatlarni  o’rganamiz.